Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 iyuldan bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish tartibiga o‘zgartirish kiritiladi
Davlat bojxona qo‘mitasining qarori bilan Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga tuzatishlar kiritildi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.
Shu yilning 1 iyulidan joriy etilayotgan asosiy o‘zgartirishlar qayd etib o‘tiladi.
Birinchidan, deklarant bojxona brokerlariga murojaat qilmasdan BYuDni to‘ldirishi va o‘z nomidan, sh.j. Internet orqali elektron shaklda, real vaqt rejimida bojxona organlariga taqdim etishi mumkin.
Ikkinchidan, elektron shakldagi BYuD to‘g‘ri to‘ldirilganligini dastlabki tekshirish tartibi belgilandi. Uni DBQning Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi dastlabki mantiqiy nazorat vositasida amalga oshiradi.
Kamchiliklar aniqlansa, tizim real vaqt rejimida bu haqda deklaratsiyalovchi shaxsga aniqlangan kamchiliklar ko‘rsatilgan elektron xabarnoma yuboradi.
Tekshiruv ijobiy natija bersa, BYuD onlayn-ro‘yxatdan o‘tkazish yo‘li bilan rasmiylashtirish uchun qabul qilinadi.
Uchinchidan, endi BYuD raqami uchta (ilgari – to‘rtta) elementdan tashkil topadi. Mutaxassisning malaka attestati berilgan yil va uning raqami o‘rniga deklaratsiyalovchi shaxsning STIRi ko‘rsatiladi.
To‘rtinchidan, yangi tahrirda quyidagi Tasniflagichlar (Yo‘riqnomaga ilovalar) berilgan:
• bojxona postlari;
• bitim xususiyati;
• preferensiyalar, imtiyozlar va bojxona to‘lovlarini to‘lashning boshqa xususiyatlari;
• tovarlarni olib o‘tish xususiyatlari;
• BYuDni to‘ldirishda foydalaniladigan hujjatlar va ma'lumotlar turlari;
• bojxona to‘lovlari.
Hujjat 1.07.2018 yildan kuchga kiradi.
Mavzuga oid
12:19 / 09.06.2026
Sud xodimlarining daromad va mol-mulki deklaratsiya qilinadi
17:12 / 04.05.2026
«BAAning mustaqillik deklaratsiyasi» – Amirliklar OPEC'dan chiqishiga faqat urush sabab emas
09:46 / 03.03.2026
Bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali rasmiylashtirish tartibi yangilandi
11:05 / 20.02.2026