Jahon | 14:33 / 28.06.2018
4530
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston Rossiyaga benzin eksport qilishga tayyorlanayotgani haqida xabar berdi

Foto: RIA Novosti / Valeriy Melnikov

Qozog‘iston energetika vaziri Kanat Bozumbayevning ma'lum qilishicha, Qozog‘iston Rossiya bilan benzin eksportini boshlash uchun ikki tomonlama kelishuvga o‘zgartirishlar kiritish ustida ishlamoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bergan.

Uning ta'kidlashicha, eksport masalasi Qozog‘iston va qo‘shni davlatlar o‘rtasida imzolangan kelishuvlarga aloqadordir.

«Gap shundaki, bizda Rossiya bilan kelishuv bo‘yicha eksport taqiqlangan. Hozir biz buning ustida ishlamoqdamiz, sababi avval ularning mahsulotini olib kirganmiz hamda ular biz reeksport bilan shug‘ullanmasligimizni xohlashgan. Shuning uchun hozirda ratifikatsiya qilingan kelishuvlarimizga tegishli o‘zgartirishlar kiritish ustida ishlamoqdamiz», - dedi Bozumbayev.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston kuzdan O‘zbekistonga benzin eksport qilishni rejalashtirayotgani xabar berilgandi

Mavzuga oid