Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saloh Qodirovga va'da bergan
«Liverpul» va Misr terma jamoasi hujumchisi Muhammad Saloh Chechenistonga respublika rahbari Ramzon Qodirovning taklifiga ko‘ra kelishga rozi bo‘ldi. Bu haqda «Izvestiya» gazetasi xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, bu haqda siyosatchining o‘zi aytgan.
«U albatta tashrif buyurishini aytdi. Hozirda chempionat davom etmoqda, ular bunday huquqqa ega emas. U respublika o‘ziga juda yoqqani va yana bir necha kunga tashrif buyurishi haqida aytdi. Bu uning so‘zlari», - deya ma'lum qildi Qodirov Salohni tog‘larga taklif qilganiga oid savolga javob berib.
Shuningdek, siyosiy arbob Rossiyani JCh-2018da qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.
«Bugun bizning termani hamma qo‘llab-quvvatlamoqda, Rossiyaning har bir shahrida vatanparvarlik to‘lib-toshgan. O‘ylashimcha, bizning jamoa xursand qiladi, biz esa - uni istalgan natijada ham qo‘llab-quvvatlaymiz», - deya xulosa qildi u.
Misr terma jamoasi mundialda guruhdan chiqa olmadi. Stanislav Cherchesov shogirdlari esa jahon birinchiligining 1/8 finalida Ispaniya bilan kuch sinashadi.