Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Putin bilan nima haqida gaplashishi ma'lum qilindi
Foto: Al Drago/Bloomberg
AQSh vitse-prezidenti Mayk Pensning ma'lum qilishicha, mamlakat yetakchisi Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda iqtisodiy masalalar, Rossiyaning Suriya va Donbassdagi harakatlari, Rossiyaning AQShda 2016 yilda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlariga aralashuvi kabi mavzularni muhokama qiladi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bermoqda.
«Prezident o‘z yechimini kutayotgan qator dolzarb masalalarni muhokama etishni rejalashtirmoqda», - dedi Pens.
Uning ta'kidlashicha, ular orasida Rossiya va AQSh o‘rtasidagi, shuningdek, Yevropa mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalar bor. Vitse-prezidentning qo‘shimcha qilishicha, Tramp Putin bilan Rossiyaning Amerikadagi saylovlariga aralashuvini ham muhokama qiladi. Pens ta'kidlashicha, AQSh rahbari Rossiyaning Suriya va Ukrainaga harbiy bostirib kirishi haqida gaplashmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin va Tramp uchrashishi mumkin bo‘lgan uch davlat ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
19:59 / 24.02.2026
Putin Qora dengizdagi gaz quvurlarini portlatishga urinish haqida ma’lumot borligini aytdi
11:57 / 24.02.2026
Vadeful: Germaniya Putinning ortidan yalinib yugurmaydi
12:07 / 23.02.2026
Trampning qarorgohi yonida otib o‘ldirilgan shaxs 21 yoshli rassom bo‘lgan
13:38 / 20.02.2026