Jahon | 12:59 / 29.06.2018
4920
1 daqiqa o‘qiladi

Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yana uzaytiradi

Foto: REUTERS/Maxim Shemetov

Yevroittifoqqa a'zo davlatlar yetakchilari Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalarni uzaytirish haqidagi qarorga keldi. Bu haqda Reuters manbaga asosan xabar bermoqda.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, rasmiy bayonot yaqin vaqt ichida e'lon qilinadi.

Ta'kidlanishicha, YeI yetakchilari Rossiyaga qarshi sanksiyalarni olti oyga uzaytirish haqidagi qarorga kelgan.

Avvalroq, Polsha bosh vaziri Mateush Moravetski Rossiyaga nisbatan YeI sanksiyalarini uzaytirish lozimligi haqida xabar bergandi. Bryusseldagi YeI sammiti vaqtida Polsha bosh vaziri ushbu masala bo‘yicha pozitsiyani «juda qat'iy» deb atadi va Rossiyaga nisbatan iqtisodiy cheklovlar uzaytirilishi lozim ekanini ma'lum qildi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid