Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qarshidagi “Vatanparvar” bog‘ining qurilishida 4 milliard so‘mlik ishlar bajarildi
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida “Vatanparvar” bog‘ining qurilish ishlari davom etmoqda. Ushbu bog‘ni barpo etish uchun viloyat harbiy-ma'muriy sektor tomonidan 25 milliard so‘m ajratilgan bo‘lib, hozirgi kunda bog‘ning smeta-loyihasi ishlab chiqildi va qurilish ishlari olib borilmoqda. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bugungacha 4 milliard so‘mlik ishlar bajarilgan.
“Vatanparvar” bog‘i O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28—29 yanvar kunlari Qashqadaryo viloyatiga qilgan tashrifi chog‘ida bergan topshiriqlari ijrosini ta'minlash, viloyatda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, maktab o‘quvchilarida harbiy kasbga havas uyg‘otish maqsadida bunyod etilmoqda.
Bog‘ hududidan muzey, amfiteatr, turli attraksionlar, avtodrom, elektron tir, parashyutdan sakrash maydonchasi, Mudofaa vazirligi taqdim etgan harbiy texnika va samolyotlar maketlari o‘rin oladi.
Bog‘ga tashrif buyuruvchilarning maroqli va mazmunli hordiq chiqarishi uchun kelajakda barcha kerakli sharoitlar yaratiladi.
Mavzuga oid
08:32
Ishchi viza va’dasi bilan minglab dollar talab qilganlar ushlandi
15:53 / 18.04.2026
Qizg‘aldoqzorni payhon qilganlar 62 mln so‘m jarimaga tortildi
08:53 / 03.04.2026
80 mln so‘m talab qilgan bozor rahbari ushlandi
11:44 / 28.02.2026