Rossiya AQSh ustidan JSTga shikoyat bilan chiqdi
Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligi rahbari Maksim Oreshkinning ma'lum qilishicha, mamlakat Jahon savdo tashkilotiga (JST) AQShning po‘lat va alyuminiyga yangi bojlari bo‘yicha shikoyat bilan chiqdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Rossiya Jahon savdo tashkilotiga AQShning po‘lat va alyuminiyga qo‘shimcha bojlar joriy etish qarori bo‘yicha shikoyat bilan chiqdi», - deya aytib o‘tdi Oreshkin.
Uning aniqlik kiritishicha, shikoyat arizasiga AQShning JST qoidalarini ko‘p bora buzgani sabab bo‘lgan.
Shuningdek, Rossiyadan tashqari, Xitoy, Hindiston, YeI, Kanada, Meksika va Norvegiya ham AQSh ustidan shikoyat bilan chiqqani aytiladi.
Avvalroq, GFR kansleri Angela Merkel AQSh tomonidan po‘lat va alyuminiyga joriy etilgan bojlar qonunga zid ekani haqida ma'lum qildi. Uning ta'kidlashicha, Germaniya bu masala bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishni xohlaydi.
Mavzuga oid
18:25
«Krokus» ishiga aloqador shaxslar yana bir teraktni tayyorlashda ayblandi
16:57
AQShda AirPods quloqchinlari o‘g‘irlangan Ferrari’ni topishga yordam berdi
12:10
Rossiya sudi AQSh ikki bankining 372 mln dollarlik hisobraqamlarini xatlovga oldi
08:30