Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya 14 davlat bilan qochqinlarni qaytarish bo‘yicha kelishib oldi
Foto: AP
Germaniya kansleri Angela Merkel YeIga a'zo 14 davlat bilan Germaniyaga kirib kelishga harakat qilayotgan migrantlarni ortga qaytarish jarayonini tezlashtirish haqida kelishib oldi. Bu haqda dpa Merkelning koalitsiya bo‘yicha hamkorlarga murojaatiga asosan xabar qilmoqda.
"Germaniyaga kelayotgan, boshpana izlayotgan, YeIning boshqa davlatlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan shaxslar ro‘yxatdan o‘tkazish uchun boshqa yirikroq “to‘xtash markazlariga” olib ketilishi kerak", - deyiladi xabarda.
Hujjatda quyidagi davlatlar tilga olinadi: Belgiya, Daniya, Estoniya, Latviya, Litva, Lyuksemburg, Niderlandiya, Polsha, Portugaliya, Vengriya, Finlyandiya, Fransiya, Chexiya, Shvetsiya.
Ta'kidlanishicha, hujjat sakkiz sahifadan iborat. Matnga ko‘ra, Merkel YeIning boshqa davlatlarida ro‘yxatdan o‘tib bo‘lgan boshpana so‘rovchilarni maxsus “to‘xtash markazlarida” joylashtirishni xohlamoqda.
Kantsler koalitsion hamkorlarni muzokaralar natijalari haqida telefon muloqotlari vaqtida xabardor qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Angela Merkelga bu kelishuvlar o‘z hukumatini saqlab qolish uchun muhim. Mamlakat ichki ishlar vaziri Xorst Zeyexofer Merkelga migratsion inqirozga butun Yevropa uchun yechim topish bo‘yicha iyun oyi oxiriga qadar vaqt berdi. Aks holda u qochqinlar uchun chegaralarni shaxsan yopish bilan tahdid qilgan.
Mavzuga oid
23:38 / 22.04.2026
Germaniya harbiy strategiyani qabul qildi va Rossiyani asosiy tahdid deb atadi
18:52 / 21.04.2026
Rossiya Qozog‘iston neftini Yevropaga yetkazib berishni to‘xtatadi
08:50 / 15.04.2026
Zelenskiy: Erondagi urush sabab AQShning Ukrainaga vaqti yo‘q
10:13 / 08.04.2026