Jahon | 16:05 / 30.06.2018
18226
1 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko Kreml uchun sinovni aytdi

Foto: AP

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Donbassga BMT tinchlikparvarlari kiritilishi masalasini Kreml uchun sinov, deb atadi.

"Tinchlikni tiklash uchun muhim vazifa - egallab olingan Donbassda BMT mandati ostida ko‘p millatli tinchlikparvarlik missiyasini joylashtirish. Boshqa, yanada samarali yo‘l, hozircha yo‘q. Donbassdagi missiya bo‘yicha taklif - bu ham tinchlikka yo‘l, ham Kreml samimiy niyatda ekanini aniqlash bo‘yicha sinov. Agar Moskva tinchlikni xohlasa, unda bu ular uchun yaxshi imkoniyat", - deya yozgan Poroshenko Facebook’dagi o‘z sahifasida.

Avvalroq, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaga BMT tinchlikparvarlarini yuborish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashi, biroq gap faqat YeXHT xodimlari xavfsizligini ta'minlash funksiyasi haqida ketishini ma'lum qilgandi. 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Rossiya Ukrainani qachon hurmat qila boshlashi aytilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid