Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Saudiya Arabistoni podshohini neft bo‘yicha ko‘ndirdi
Foto: AFP/Mandel Ngan
AQSh prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdul Aziz Ol Saud bilan telefon muloqoti o‘tkazdi. Bu haqda u tvitterdagi o‘z sahifasida yozgan.
Qo‘shma Shtatlar prezidentining xabar qilishicha, ular neft qazib olish hajmini oshirish masalasini muhokama qilgan.
«Hozirgina Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bilan telefon orqali gaplashdim va unga Eron hamda Venesueladagi tartibsizliklar tufayli Saudiya Arabistonidan neft qazib olishni oshirish haqida so‘rayotganimni tushuntirib berdim. Balki, bu sutkasiga 2 mln barrelgacha oshirilar», - deya yozgan Tramp.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Saudiya podshohi bunday taklifga rozi bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistonining neft bo‘yicha rejalari haqida ma'lumot berilgandi.
Mavzuga oid
10:17 / 25.12.2025
Saudiyaning yangi raqamli platformasi O‘zbekistonda ham tatbiq etilishi mumkin
09:46 / 25.12.2025
O‘zbekiston–Saudiya: Haj va Umra mavsumida viza bo‘yicha hamkorlik kuchaytiriladi
22:28 / 22.12.2025
Saudiya Arabistoni bir yil ichida rekord darajada ko‘p odamni qatl qildi
21:16 / 18.12.2025