Jahon | 22:31 / 01.07.2018
11654
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda yadro bombasi muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgani ma'lum qilindi 

Foto : Staff Sgt. Brandi Hansen

AQSh harbiy-havo kuchlari boshqariluvchi B61-12 yadro bombasining ilk sinovlarini o‘tkazdi. Bu haqda Military.com portali ma'lum qildi

Sinov vaqtida B-2 Spirit bombardimonchi samolyotlari qo‘llangan.

“Bu sinovlar B61-12 konstruksiyasi tizim talablariga javob berishini ko‘rsatadi”, deb aytgan AQSh energetika vazirligining yadroviy xavfsizlikni boshqarish milliy ma'muriyati xodimi Maykl Lyutton.

Sinovlar 9 iyunda Nevada shtatidagi harbiy poligonda Edvards aviabazasining 419-sinov eskadrilyasi boshqaruvida o‘tgan. 

AQSh ushbu bombani Yevropa davlatlari – Germaniya, Italiya, Turkiya, Belgiya va Niderlandiyadagi harbiy bazalarida joylashtirmoqchi. 

B61-12’ning ilk partiyasi qurollanishga 2020 yilda olinishi rejalashtirilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid