O‘zbekiston | 02:01 / 01.07.2018
22655
2 daqiqa o‘qiladi

AQShning O‘zbekistondagi elchisi lavozimiga yuqori mansabdagi amaldor kelishi mumkin

Foto: Photolur

30 iyun kuni AQSh Prezidenti Donald Tramp ma'muriyatida bir qancha lavozimiy o‘zgarishlar yuz berdi. Shular orasida, janob Tramp Davlat departamentida ish olib borayotgan yetakchi mutaxassisni O‘zbekistonga elchi sifatida yuborishga qaror qilgan. Endilikda nomzodni Senat tasdiqlashi lozim.

«Janob Rozenblyum, ayni paytda Davlat departamenti kotibi yordamchisining o‘rinbosari sifatida 2014 yildan buyon Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan aloqalar bo‘limida faoliyat yuritgan», deyiladi Oq uy bayonotida.

Ma'lumot uchun, 29 iyun kuni AQSh mustaqilligi sharafiga o‘tkazilgan bayram kechasida AQShning O‘zbekistondagi ayni elchisi Pamela Spratlen diplomatik missiyasi o‘z nihoyasiga yetib borayotgani haqida gapirib o‘tgan.

«Vaqt o‘tib borar ekan, men uch yil avval kelgan mamlakatdan bugun ancha farq qiladigan O‘zbekistonda turib sizga murojaat qilmoqdaman. Shu asnoda bu on men uchun ham quvonchli, ham ma'yus ondir. Chunki ko‘pchiligingizga ma'lum bo‘lgani kabi, ajoyib tarzda o‘tgan uch yarim yildan keyin bu tadbir AQShning O‘zbekistondagi elchisi sifatida men ishtirok etadigan ehtimol oxirgi rasmiy tadbirlarning biridir», deya ta'kidlagan u.

Mavzuga oid