30 iyun kuni AQŞ Prezidenti Donald Tramp ma'muriyatida bir qança lavozimiy özgarişlar yuz berdi. Şular orasida, janob Tramp Davlat departamentida iş olib borayotgan yetakçi mutaxassisni Özbekistonga elçi sifatida yuborişga qaror qilgan. Endilikda nomzodni Senat tasdiqlaşi lozim.
«Janob Rozenblyum, ayni paytda Davlat departamenti kotibi yordamçisining örinbosari sifatida 2014 yildan buyon Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan aloqalar bölimida faoliyat yuritgan», deyiladi Oq uy bayonotida.
Ma'lumot uçun, 29 iyun kuni AQŞ mustaqilligi şarafiga ötkazilgan bayram keçasida AQŞning Özbekistondagi ayni elçisi Pamela Spratlen diplomatik missiyasi öz nihoyasiga yetib borayotgani haqida gapirib ötgan.
«Vaqt ötib borar ekan, men uç yil avval kelgan mamlakatdan bugun ança farq qiladigan Özbekistonda turib sizga murojaat qilmoqdaman. Şu asnoda bu on men uçun ham quvonçli, ham ma'yus ondir. Çunki köpçiligingizga ma'lum bölgani kabi, ajoyib tarzda ötgan uç yarim yildan keyin bu tadbir AQŞning Özbekistondagi elçisi sifatida men iştirok etadigan ehtimol oxirgi rasmiy tadbirlarning biridir», deya ta'kidlagan u.

















