O‘zbekiston | 21:57 / 01.07.2018
6332
2 daqiqa o‘qiladi

Fotoreportaj: Andijonda Yoshlar kuniga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tdi

O‘zbekistonda ilk bora o‘tkazilayotgan “Yoshlar kuni” Andijon viloyatida ham keng nishonlandi. 

 Viloyatning barcha tumanlarida ushbu sana munosabati bilan turli madaniy-ma'rifiy kechalar, sport musobaqalari, davra suhbatlari va sayillar tashkil etildi. 

“Yoshlar – bizning kelajagimiz!” tadbirlarining yakuni Andijon shahridagi “Barkamol avlod” stadionida o‘tkazildi. Unda turli sohalarda tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan yoshlar munosib taqdirlanib, viloyat va mamlakatimizning taniqli  san'at ustalari tomonidan konsert dasturi namoyish qilindi.

Viloyatda bo‘lib o‘tgan tadbirlardan olingan fotoreportajni e'tiboringizga havola qilamiz.   

  

                                          Elmurod Ermatov, Andijon
                                           KUN.UZ  muxbiri

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid