Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
LG boshqaruvi otadan o‘g‘ilga o‘tdi
LG Group rahbari o‘zgardi. Kompaniyaga rahbarlik qilish Ku Bon-mudan uning o‘g‘li Ku Kvan-moga o‘tdi. 2018 yilning 29 iyun kuni Ku Kvan-mo kompaniyaning direktorlar kengashi a'zosi va ijrochi direktori etib tayinlandi.
Bu oilaviy konglomeratdagi to‘rtinchi yetakchilar avlodi hisoblanadi, unda boshqaruv an'anaga ko‘ra direktorlar kengashi raisining to‘ng‘ich o‘g‘liga o‘tadi.
Ku Bon-mu 73 yoshida bosh miya o‘simtasi natijasida vafot etdi. Uning o‘g‘li Ku Kvan-mo 1978 yilda tug‘ilgan va 2006 yilda LG Electronics moliyaviy jamoasiga qo‘shildi. Xolding aksiyalarining 6,24 foizi unga tegishli. Otasining aksiyalari (11,28 foiz) Ku Kvan-moga o‘tganidan so‘ng u kompaniyaning eng yirik aksiyadoriga aylanadi. Uning ukasi ayni damda kompaniyaning 7,72 foiz aksiyasiga egalik qiladi.
Mavzuga oid
17:50 / 28.03.2025
The Korea Times: LG, Samsung va Hyundai Rossiyaga qaytish imkoniyatini o‘rganmoqda
17:52 / 11.11.2024
LG dunyodagi birinchi cho‘ziluvchan displeyni namoyish qildi
12:32 / 19.03.2024
O‘zbekistonda davlat organlari rahbarlari KPI asosida mukofotlanadi yoki ishdan bo‘shatiladi
07:56 / 26.12.2023