Jamiyat | 21:26 / 01.07.2018
27652
3 daqiqa o‘qiladi

Shahrisabzlik Qahramon Toshkent City'ni ko‘rish uchun nogironlik aravachasida yo‘lga chiqdi

Orzu va istak bo‘lsa, barcha narsaning uddasidan chiqadi kishi. Imkoniyati cheklangan shaxs bo‘lishiga qaramay, shahrisabzlik Qahramon Uzoqov O‘zbekiston bo‘ylab sayohatga otlandi. Buning qanday g‘aroyib tomoni bor? Gap shundaki, u mustaqil yurolmaydi, ammo qahramonimiz Qahramonga bu xalaqit qilmaydi. U nogironlik aravachasida 385,2 km bosib o‘tib, Toshkent city'dagi qurilish ishlarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rmoqchi.

Ayni paytda yo‘lning katta qismini bosib o‘tgan Qahramon Uzoqov Jizzax viloyati hududiga kirib kelgan.

«9 kun bo‘ldi», deydi yo‘lovchilarning savoliga javob berib, safarga otlanganiga aniqlik kiritgan Uzoqov.

 
Shahrisabzlik Qahramon Toshkent City'ni ko‘rish uchun nogironlik aravachasida yo‘lga chiqdi

Shahrisabzlik Qahramon Toshkent City'ni ko‘rish uchun nogironlik aravachasida yo‘lga chiqdi 👉 https://kun.uz/41739742 Eng tezkor yangiliklar kanaliga obuna bo‘ling! 👉 https://telegram.me/joinchat/AqzVDTu1wCTRVzr48Z39EA

Posted by Kun.uz on Sunday, July 1, 2018

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining ayrimlari Uzoqov bilan uchrashib, suhbatlashishga ham ulgurgan. Ularning ta'kidlashicha, Qahramon nogironlik aravachasida Hajga ham borishni  istaydi. Imkon bo‘lsa, O‘zbekistonning barcha viloyatlariga boradi.

Bu hodisa, negadir, o‘simta bilan kurashayotgan bemorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun AQShning Nyu-Jyersi shtatidan San-Frantsiskoga qadar yugurgan Luis Maykl Figeroani eslatib yubordi. Siz uni «Forest Gamp» filmi orqali ham taniysiz. Forest o‘shanda yugurgandi, u imkonsiz ekanini tan olmaydi. Yosh Forestga ham dugonasi aytardi: «Yugur Forest, chop Forest».

Ayni paytda Qahramon Uzoqovning shijoati va harakatchanligi tahsinga sazovor. U tez orada Toshkentga yetib keladi.

Alisher Ro‘zioxunov

Mavzuga oid