Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi Soliq kodeksida barcha stavkalar aniq ko‘rsatiladi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorovga ko‘ra, yangi soliq Kontseptsiyasining tasdiqlanishi tez orada yangi tahrirdagi Soliq kodeksini ham qabul qilinishiga turtki beradi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Moliya vazirining ta'kidlashicha, joriy yil yakuniga qadar yangi tahrirdagi Soliq kodeksi va Byudjyet kodekslari qabul qilinishi kutilmoqda. Yangiliklarning tarixiy voqealigi shundaki, kodeksda shu paytgacha amaldagi soliq yuklama va stavkalari aniq belgilanmagandi. Endilikda bunday bo‘lmaydi, kodeks eng oddiy ishchi uchun ham sodda va ravon bo‘lishi kutilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyihalar boshqaruvi milliy agentligi direktori o‘rinbosari Go‘zal Islomova esa hujjatlarning qabul qilinishi bilan odamlarning fikrlashi ham o‘zgarishi lozim, deb hisoblaydi.
"Eng katta masalalardan biri - biz soliq to‘lashga nisbatan qarashimizni qayta ko‘rib chiqishimiz kerak. Tushunishimiz lozim: vijdonan davlatga to‘langan soliqlar, kelajakda chegaralarni qo‘riqlash, obodonlashtirish, bolalarimizning ta'limi, jamoat joylarini yaxshilash kabi xizmatlar bilan qaytadi. Bularning barchasini davlat bajaradi.
Agar munosabatlarimizni qayta ko‘rib chiqolmasak, hech qanday hujjat va normalar davlat islohotlardan kutayotgan samarani bermasligi mumkin", deydi Go‘zal Islomova.
Mavzuga oid
18:47 / 14.01.2026
Prezident energetika sohasi bo‘yicha takliflarni ma’qulladi
09:00 / 21.12.2025
Energetikada katta iste’fo va bilimli yoshlarga mukofot - hafta dayjesti
11:37 / 19.12.2025
Neft-gaz sohasida kutilgan natijalarga erishilmayapti - Qo‘chqorov
11:08 / 19.12.2025