Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksika prezidenti saylovlarining dastlabki natijalari e'lon qilindi
Foto: Marco Ugarte, AP
Meksikada prezident saylovlarida so‘l kuchlar nomzodi Manuel Lopes Obrador yetakchilik qilmoqda. Bundan ovoz berishning dastlabki natijalari darak bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, “Tarixni birga yaratamiz” koalitsiyasi nomzodi Obrador 43,9 foiz ovoz to‘plagan.
“Meksika uchun fuqarolik fronti” koalitsiyasi nomzodi Rikardo Anayya 30 foiz, “Barchasi Meksika uchun” koalitsiyasi nomzodi Xose Antonio Mid 18 foiz va mustaqil nomzod Xayme Rodriges Kalderon 5 foiz ovoz to‘plagan.
Saylovlar natijalari bo‘yicha hali rasmiy ma'lumotlar yo‘qligiga qaramasdan, Rikardo Anayya Obradorning g‘alabasini tan olgan.
“Natijalar Lopes Obrador foydasiga ekanligidan darak bermoqda. Men uning g‘alabasini tan olaman. Men u bilan gaplashdim va unga Meksika farovonligi uchun ishida muvaffaqiyat tilayman”, deb aytgan Anayya tarafdorlari bilan uchrashuvda.
Shuningdek, qolgan ikki nomzod ham Obradorning g‘alabasini tan olgan.
Mavzuga oid
14:14 / 18.11.2025
Tramp Meksikadagi narkokartellarga AQSh zarbalarini istisno etmadi
16:03 / 16.11.2025
Meksikada shahar meri o‘ldirilishi ortidan yirik namoyish boshlandi
16:46 / 06.11.2025
Meksikada mast kishi ko‘chada prezidentni o‘pmoqchi bo‘ldi
22:11 / 03.11.2025