O‘zbekiston | 14:01 / 02.07.2018
11681
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaning Olmaliqdagi universiteti abituriyentlarni taklif etadi

Foto: topstudents.ru

Rossiyaning Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi Federal davlat muqobil oliy ta'lim muassasasi «MISiS» milliy tadqiqot texnologik universitet talaba bo‘lishni va nufuzli xorijiy ta'lim maskanida ilm olishni istagan abituriyentlarni 2018-2019 o‘quv yilining kunduzgi bo‘limi uchun quyidagi yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha qabul e'lon qiladi:

- 21.05.04  «Tog‘ ishi» (ta'lim yili – 5,5 yil) 75 o‘rin 
- 22.03.02 «Metallurgiya» (bakalavriat – 4 yil) 50 o‘rin
- 09.03.02 «Ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish hamda boshqarish» (bakalavriat – 4 yil) 25 o‘rin

Zaruriy hujjatlar to‘plami:

•  Universitet rektori nomiga ariza, shaxsan to‘ldiriladi;
•  Pasport va nusxasi; 
•  Ma'lumoti bo‘yicha hujjat (attestat, diplom);
•  Abituriyentning erishgan natijalarini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar;
•  №086-U shaklli tibbiy ma'lumotnoma (rus tilida);
•  abituriyentning 3,5 X 4,5 o‘lchamdagi 6 dona fotosurati

Ta'lim rus tilida olib boriladi. Hujjatlarni qabul qilish muddati 2018 yil 1 iyuldan 25 iyulgacha ertalab soat 9-00dan 17-00gacha davom etadi. 

Universitet manzili: Toshkent viloyati, Olmaliq shahri, A.Temur ko‘chasi 37 
(Olmaliq tog‘-kon kasb-hunar kolleji). 

Qabul komissiyasi telefoni: +998706151052

Boshqa qiziqtirgan ma'lumotlarni www.misis.uz saytida olish mumkin. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid