O‘zbekiston | 19:33 / 03.07.2018
22769
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya va O‘zbekiston AES qurilishi bo‘yicha kelishuv ustidagi ishlarni yakunlamoqda

© AFP 2018 / Philippe Desmazes

«Rosatom» korporatsiyasi tomonidan O‘zbekistonda ikki blokli atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha kelishuv yakuniy bosqichda, deb ma'lum qildi korporatsiya rahbari Aleksey Lixachev Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevga.

«O‘zbekistonda ikkita yirik blokni qurish to‘g‘risidagi kelishuv yakuniy bosqichda», — dedi u.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya va O‘zbekiston o‘tgan yilning dekabrida atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish bo‘yicha hamkorlik qilish to‘g‘risida bitim imzolagandi. Hujjatda qator yo‘nalishlarda, jumladan, respublikada AES qurilishi va uran konlarini o‘zlashtirish bo‘yicha hamkorlikda faoliyat olib borish ko‘zda tutilgan. Rossiya tomoni O‘zbekistonga VVER-1200 turidagi ikki blokli atom elektr stansiyasi qurishni taklif qilgan edi. 

Shu yilning may oyida «Rosatom» bosh direktori Aleksey Lixachyov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv davomida O‘zbekistonda atom elektrostansiyasini qurish masalasi muhokama markaziga aylangani hamda O‘zbekiston Rossiyaga Navoiy viloyatida AES qurishni taklif etganini ma'lum qildi.

Mavzuga oid