Sport | 21:47 / 04.07.2018
27013
2 daqiqa o‘qiladi

Ronalduning «Real»ni tark etishiga 5ta sabab

Foto: REUTERS

Ispaniyaning Marca nashri hujumchi Krishtianu Ronalduning «Real» klubini tark etishiga 5ta sabab borligini yozmoqda.

Birinchidan, portugaliyalik Madrid klubi va muxlislari o‘zini yetarli darajada qadrlamayapti, deb hisoblamoqda. Xususan, u muxlislarning hushtakbozlik qilishidan bezib ketgan.

Ikkinchidan, 33 yoshli futbolchi klubni tark etishini aytmagan bo‘lsa-da, rahbariyat tomonidan o‘rniga boshqa hujumchi izlanayotganidan norozi bo‘lmoqda. 

Uchinchidan, «Oltin to‘p»ning besh karra sohibiga Ispaniya soliq idorasi bilan bog‘liq muammolarga klubning chetdan kuzatib turishi yoqmayapti. 

To‘rtinchidan, Ronaldu bosh murabbiy Zinedin Zidanning kutilmaganda iste'foga chiqishidan qayg‘uga botgan, chunki fransiyalik mutaxassis uni har doim qo‘llab-quvvatlab kelgan. 

Beshinchidan, avvalgi va'dalarga qaramay, klub unga moliyaviy bandlari yaxshilangan yangi shartnoma taklif qilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ronalduning «Yuventus»ga o‘tishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Mavzuga oid