Jahon | 22:53 / 04.07.2018
10194
1 daqiqa o‘qiladi

Ruhoniy AQSh va Isroilni IShIDni qo‘llab-quvvatlashda aybladi

Foto: islam-today.ru

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Qo‘shma Shtatlar va Isroilni IShIDni qo‘llab-quvvatlashda aybladi, deb xabar qildi RIA Novosti.

“Suriya mavzusi har ikki mamlakat uchun qiziqish uyg‘otadi, biz bu mavzuni muhokama qildik. Bizning Suriyadagi asosiy vazifamiz IShID va boshqa terrorchilarga jiddiy zarba berish edi. Biz IShIDni AQSh va Isroil qo‘llab-quvvatlashiga qaramasdan uning ustidan g‘alaba qozona oldik”, — dedi Ruhoniy Venada Avstriya kansleri bilan qo‘shma matbuot anjumanida.

Eron prezidenti, shuningdek, AQShning yadroviy kelishuvdan chiqishi Vashingtonning o‘ziga zarar ekanligini, bu chiqish hech kimga foyda keltirmasligini bildirdi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ruhoniy AQShni “tiz cho‘ktirishga” va'da bergandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid