Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Vaşington oldida “taslim bölib”, yadroviy kelişuvni qayta körib çiqiş masalasida yon bosişdan boş tortdi.
“Biz tarixiy milliy buyukligimizni saqlab qolamiz va bu irodali kuraşimizda AQŞni tiz çöktiramiz”, deb aytgan Ruhoniy.
Eron prezidenti Tehronga bunga erişişda Donald Tramp yordam berişini, çunki uning siyosati butun dunyoni AQŞga qarşi qilayotganini aytgan.
“Tramp qilayotgan işlarni hisobga olib, dunyo bundan esankirab, barça bir-biri bilan birlaşayotganini kuzatmoqdamiz. Fikrimça, Tramp qolgan dunyoni birlaştirib, özini esa yakkalab, ança yaxşi iş qilmoqda”, deb aytgan Ruhoniy.
Ruhoniy öz nutqida iqtisodiy masalalarga ham töxtalgan. U işsizlik bilan boğliq muammolarga e'tibor qaratib, hukumat içki bozordagi vaziyatni tartibga soliş uçun köproq sa'y-harakatlarni amalga oşirişi kerakligini aytgan.
“Biz butun dunyoga buyukligimiz, erkimiz, mustaqilligimiz, demokratiyamiz, respublika tuzumimiz, dinimiz va madaniyatimizga sodiq holda muammo va qiyinçiliklarni yengib öta olişimizni körsatişimiz lozim”, deb aytgan Eron yetakçisi.












