O‘zbekistondagi bankni o‘marmoqchi bo‘lgan ukrainaliklar qo‘lga olindi
O‘zbekistondagi banklardan birini tunamoqchi bo‘lgan uch nafar ukrainalik fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, ular 16 may kuni Toshkent shahri Shayxontohur tumani Alisher Navoiy ko‘chasida joylashgan bankdan depozit qutisi ochtirishgan.
So‘ng bankni obdon kuzatib, Qirg‘izistondan kirib kelgan qutilarni maxsus moslama yordamida ochmoqchi bo‘lgan vaqtlarida IIBB xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Qo‘lga olinganlarning ism-shariflari ma'lum qilinmagan. Xabarga ko‘ra, Sh.V. va B.V. ilgari sudlangan A.S. bilan til biriktirib, uning rejasi asosida harakat qilishgan.
Mavzuga oid
22:05 / 19.11.2024
Endi bizda ATACMS bor, undan foydalanamiz - Zelenskiy
20:58 / 19.11.2024
Baydenning ruxsati urushning borishiga qanday ta’sir qiladi?
18:44 / 19.11.2024
Ukraina ATACMS raketalari bilan Rossiya hududiga birinchi zarbani berdi
16:15 / 19.11.2024