O‘zbekiston | 16:00 / 05.07.2018
7282
2 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada tahsil olish uchun 262 million yyen grant ajratildi

Yaponiya hukumati o‘zbekistonlik davlat xizmatchilarning Yaponiya davlatida doktor va magistrlik bosqichida ta'lim olishi uchun 2,4 million dollar miqdorida grant ajratdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Joriy yilning 5 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi Shuhrat Vafoyev hamda Yaponiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Nobuaki Ito o‘rtasida 262 million yyen miqdorida grant ajratish to‘g‘risidagi notalar imzolandi.

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

Ushbu hamkorlik Yaponiya hukumatining texnik ko‘mak berish loyihalari dasturi doirasida amalga oshirilmoqda. Shunday qilib, O‘zbekistondagi davlat xizmatchilari 2019-2020 yillarda Yaponiyada magistr va doktor darajasini egallash uchun qulay imkoniyatga ega bo‘lishadi. 

JDS loyihasi O‘zbekistonda 18 yildan buyon faoliyat olib borayotgan bo‘lsa, o‘tgan davr mobaynida 311 nafar stipendiat Yaponiyada tahsil olish imkoniyatidan foydalangan. 

Yaponiyadagi ta'limni tamomlab qaytgan bitiruvchilar kelgusi uch yil davomida O‘zbekistonda ishlash majburiyatini zimmasiga oladi.​

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi
Foto: O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

 

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid