O‘zbekiston | 23:33 / 05.07.2018
7653
1 daqiqa o‘qiladi

FVV endi uy-joy fondi rekonstruksiyasida ishtirok etadi

2018 yilning 2 iyulida Shavkat Mirziyoyev "O‘zbekiston Respublikasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatini takomillashtirish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba'zi hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi, deya xabar beradi huquqiy axborot.

Yuqoridagi hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 iyundagi 5066-sonli qarorining 5-punkti (FVVning asosiy vazifalari)ga qo‘shimchalar kiritildi.

Mazkur tuzatishga ko‘ra, endilikda ishlab chiqarish va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan obektlarda, uy-joy fondi, shuningdek yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsion infratuzilma obektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta'mirlov ishlarida ishtirok etish FVVning vazifalariga kiritiladi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid