Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron yadro kelishuvini nima saqlab qolishi mumkin: oydinlik kiritildi
Tehron bilan iqtisodiy hamkorlikni davom ettirish Eron yadro kelishuvini saqlab qolish imkonini beradi. “Beshlik” va Eron vazirlar qo‘shma komissiyasining Venada bo‘lib o‘tgan yig‘ilishi ishtirokchilari shunday xulosaga kelishdi. Ular Tehron bilan iqtissodiy hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olishdi. Bu haqda YeI tishqi siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha oliy komissari Federika Mogerini bayonot berdi. Eron yadro kelishuvi bo‘yicha xalqaro vositachilar beshligiga Rossiya, Xitoy, Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya kiradi.
"Ishtirokchilar o‘z majburiyatlarini vijdonan tasdiqlashdi va amaliy muhitda quyidagi maqsadlarga rioya qilishlarini bildirishdi: Eron bilan keng iqtisodiy munosabatlarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, Eron bilan samarali moliyaviy aloqalarni saqlab qolish hamda qo‘llab-quvvatlash", - deya qayd etgan Mogerini.
Uning so‘zlariga ko‘ra, "ishtirokchilar bu kabi tashabbuslar yadro bitimini saqlab qolishga qaratilgani va barcha tomonlar xavfsizlik manfaatlariga javob berishini ta'qidlashdi", deb yozmoqda TASS.
Mavzuga oid
09:32
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
08:55
OAV: Uitkoff Eron bilan muzokaralar uchun Shveytsariyaga yo‘l oldi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026