Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanadada noodatiy issiq havo qurbonlari soni 33 nafarga yetdi
Kanadaning Kvebek viloyatida hukm surayotgan noodatiy issiq havo sababli vafot etganlar soni 33 kishigacha yetdi. Bu haqda viloyat sog‘liqni saqlash vaziri Lyusi Sharlebua ma'lum qildi.
Uning ma'lumotlariga ko‘ra, 18 kishi viloyatning eng yirik shahri bo‘lgan Monrealda vafot etgan.
Sharlebua ogoh bo‘lishni va salomatlikka putur yetkazuvchi muammolarni bartaraf etish uchun barcha choralarni ko‘rish davom etilishini aytgan.
Avvalroq issiq havodan ko‘proq surunkali, ruhiy kasalliklarga ega odamlar, konditsioner bo‘lmagan xonalarda ko‘p vaqt qolib ketuvchi yolg‘iz odamlar jabr ko‘rishlari mumkinligi ma'lum qilingan. Ta'kidlanishicha, oxirgi marta issiq havo Monrealda 2010 yil yozida kuzatilgan va 106 kishining hayotiga zomin bo‘lgan.
Kanada milliy meteorolik byurosi ma'lumotlariga ko‘ra, Kvebek, Ontario viloyatlarining janubiy qismi va Atlantika bilan chegaradosh hududlarda 29 iyundan beri ekstremal issiq havo hukm surmoqda. Kun davomida havo harorati 30-40 gradus daragajacha qizib ketmoqda. Ob-havo mutaxassislarining prognoziga ko‘ra, Sharqiy Kanadaga sovuq havo fronti 6 iyulda keladi va haroratning 23 darajagacha pasayishiga olib keladi.
Mavzuga oid
07:43 / 13.06.2026
Kanada JCh tarixidagi ilk ochkosini qo‘lga kiritdi
16:40 / 12.06.2026
Mundial tanishtiruvi. B guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
14:14 / 12.06.2026
Kanada ham bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqchi
22:32 / 09.06.2026