Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
RAVON iyun oyida Rossiyada birorta ham avtomobil sotmadi
O‘zbekistonning RAVON avtomobil brendi Rossiyada 2018 yil iyun oyida birorta ham avtomobil sota olmadi. Garchi RF avtobozori hisobot oyida 10,8 foizga oshgan bo‘lsa-da, shunday salbiy holat qayd etildi. Bu haqda Yevropa biznesi Assotsiatsiyasi avtomobil ishlab chiqaruvchilari qo‘mitasining yangi hisobotida ma'lum qilingan.
Ta'kidlanishicha, eng ko‘p sotilgan yangi yengil avtomashinalarning barchasi mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlaridir. Shu bilan birga, 2018 yil iyun oyida avtomobillar savdosining 10,8 foizga o‘sishi kuzatilgan. 2017 yilning shu davriga taqqoslanganda 15 261 dona avtomobil ko‘proq sotilgan, jami 156 351tani tashkil etilgan.
Umuman, 2018 yilning yanvar – iyun oylarida jami 849 221 ta avtomobil sotilgan.
Biroq O‘zbekistonning RAVON brendi Rossiya avtobozorida o‘z o‘rnini yo‘qotgan. U top-25talikka ham kira olmagan. O‘tgan yilning shu oyida kompaniya Rossiyada 1 239 dona avtomobil sotishga muvaffaq bo‘lgan, 2018 yilning ilk 5 oyi mobaynida jami 5 184ta RAVON brendidagi mashinalar sotilgan edi.
Mavzuga oid
10:02
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
09:35 / 12.06.2026