O‘zbekiston | 15:30 / 06.07.2018
37663
2 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda ikki Neksiya to‘qnashishi oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi

Foto: Ichki ishlar vazirligi

5 iyul kuni Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida mudhish yo‘l-transport vositasi sodir bo‘lishi oqibatida 7 kishi halok bo‘lib, 3 kishi jarohatlandi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

«Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida yashovchi 58-sonli o‘rta maktab o‘qituvchisi M.Q. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashinasini «Darband—Boysun—Sho‘rchi—Elbayon» yo‘lining 55-kilometrida haydab ketayotib, qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan «Oqkamar» mahallasida yashovchi Y.A. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashina bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Avariya oqibatida ikkala Nexia avtomashinasining haydovchilari va 1 nafar yo‘lovchi Sh.X. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan. Shuningdek, avtomashinalarda bo‘lgan 7 nafar yo‘lovchi ham jarohat olib voqea joyida vafot etgan», deyilgan xabarda.

Mavzuga oid