Afg‘onistonda bir sutka ichida 150dan ortiq jangari yo‘q qilindi
Afg‘oniston milliy mudofaa va xavfsizlik kuchlari mamlakatning turli qismlarida to‘qqizta tozalash operatsiyasini va 89ta maxsus kuchlar operatsiyasini o‘tkazdi, mamlakat harbiy-havo kuchlari esa jangarilar makonlariga to‘qqiz bor aviazarba berdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Afg‘on harbiylari shuningdek jangarilarning bir nechta transport vositalari, mototsikllari, qurol va o‘q-dorilarini ham yo‘q qildi. Operatsiyalar Farax, G‘azni va Nangarxar viloyatlarida o‘tkazildi.
Tolo News telekanalining xabar berishicha, afg‘on kuch tuzilmalari IShID terrorchilik guruhi jangarilarining Nangarxar viloyatidagi Xaska Mina tumani Gorgori qishlog‘ida joylashgan tayanch punktini yo‘q qilishdi.
Afg‘on harbiylarining bildirishicha, operatsiya 10 kun ilgari boshlangan va xorijlik harbiylar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan. Ayni paytga kelib 150 nafar IShID jangarisi yo‘q qilingani aytilmoqda.
"Bu yerda ularning o‘quv markazlari bo‘lgan. Xuddi shu yerda ular sakkiz chegarachining boshini tanasidan judo qilishgan. Xavf hali ham saqlanib qolmoqda, chunki mazkur joy minalashtirilgan", — dedi Afg‘oniston armiyasining maxsus bo‘linmasi a'zosi Mujtaba.
Telekanalning xabar berishicha, operatsiya hamon davom etmoqda. Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, bir nechta qishloq hali ham IShID nazorati ostida. Dix Bala tumani aholisi harbiylar operatsiyani yakunlab hududni tark etishlari bilan terrorchilar yana qaytishidan xavotirlanmoqda.
Mavzuga oid
17:22 / 17.11.2024
Tramp Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarini olib chiqqanlarni jazolamoqchi – OAV
21:44 / 09.11.2024
Afg‘onistonda IIV, Mudofaa vazirligi va razvedka qurol-yarog‘ berish huquqidan mahrum etildi
18:05 / 06.11.2024
Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirish hajmi yana oshmoqda - BMT
14:12 / 06.11.2024