Pompeo: KXDR Vetnam yo‘lini takrorlashi mumkin
AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo agar Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In «imkoniyatdan foydalana olsa», KXDR Vetnam yo‘lini takrorlashi mumkinligini bildirdi. Bu haqda Reuters xabar qilmoqda.
Pompeo 1985 yilda Qo‘shma Shtatlar va Vetnam o‘rtasidagi amerikalik soldatlar jasadlarini qaytarish bo‘yicha muzokaralar ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar yaxshilanishiga olib kelganini qo‘shib qo‘ydi. Davlat kotibi hozirda AQSh va KXDR o‘rtasida xuddi shunday muzokaralar olib borilayotganini qayd etdi.
1957 yildan 1975 yilga qadar Vetnamda XX asrning eng yirik nizolaridan biri yuz bergan. 1965 yil martida AQSh armiyasi mintaqadagi eng yirik operatsiyani boshlagan.
Avvalroq Pompeo KXDRning AQSh bu mamlakat bilan «gangsterlarcha kayfiyatda» muzokara o‘tkazayotgani haqidagi ayblovini rad etgandi.
Mavzuga oid
23:13 / 27.09.2024
Shimoliy koreyalik hakerlar Germaniyadagi qurolsozlik kompaniyasiga hujum uyushtirdi
11:20 / 19.09.2024
Shimoliy Koreya yana raketa sinovlarini o‘tkazdi
09:48 / 12.09.2024
Shimoliy Koreya yana ballistik raketalar uchirdi
14:33 / 10.09.2024