Jahon | 10:20 / 08.07.2018
11534
2 daqiqa o‘qiladi

Uch davlat KXDRga xavfsizlik kafolati berilishini tasdiqladi

© RIA Novosti / Vitaliy Belousov

Yaponiya, AQSh va Janubiy Koreya tashqi ishlar vazirliklari darajasida o‘tkazilgan uch tomonlama muzokaralarda KXDRdagi rejim saqlanib qolishiga kafolat berishini tasdiqladi, deb ma'lum qildi Yaponiya TIV rahbari Taro Kono.

«Biz Singapurdagi sammitda erishilgan kelishuvga muvofiq Shimoliy Koreyaga xavfsizlik kafolati berilishini tasdiqladik. Shu bilan birga xalqaro hamjamiyat Shimoliy Koreya to‘liq va ishonchli tarzda qurolsizlanishi borasidagi BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasini amalga oshirishda davom etadi», — dedi Kono.

Yakshanba kuni Tokioda AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo va Yaponiya hamda Janubiy Koreya tashqi ishlar vazirlari Taro Kono va Kan Gyon Xva o‘rtasida uch tomonlama muzokaralar o‘tkazildi. Tomonlar mintaqadagi vaziyatni hamda AQSh davlat kotibining Pxenyanga tashrifi natijalarini muhokama qilishdi.

Pompeo 6-7 iyul kunlari Pxenyanda bo‘ldi. Oq uy uning KXDR rahbari Kim Chen In bilan uchrashishini ma'lum qilgandi, ammo bu uchrashuv amalga oshmagan.  

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid