Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
10–11 iyul kunlari O‘zbekistonda anomal jazirama saqlanib qoladi
10–11 iyul kunlari O‘zbekiston bo‘ylab havo harorati o‘rtacha ko‘p yillik ko‘rsatkichlardan 5–7 daraja yuqori bo‘lgan anomal issiq ob-havo saqlanib qoladi. Kunduzi havo harorati 40–43 darajagacha issiq bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo harorati 44–45 darajagacha isiydi, garmsel shamoli esishi mumkin.
10–11 iyul kunlari respublikamizning tog‘ oldi va tog‘li tumanlari bo‘ylab Tojikiston va Qirg‘iziston hududlaridan sel toshqinlari o‘tishi mumkin.
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 10 iyul kuni poytaxtimiz Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3–8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi +25…+27, kunduzi +41…+43 daraja issiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15–20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi +24…+29, kunduzi +38…+43 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi +25…+30, kunduzi +40…+45 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi +24…+29, kunduzi +38…+43 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi +25…+30, kunduzi +40…+45 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5–10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi +22…+27, kunduzi +37…+42 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi +18…+23, kunduzi +28…+33 daraja issiq bo‘ladi.
Mavzuga oid
21:07 / 26.02.2026
Mart oyining ob-havosi bahoriy beqaror bo‘lishi kutilmoqda
21:41 / 29.01.2026
Fevral oyi yanvarga nisbatan iliqroq bo‘lishi kutilmoqda – Gidrometeorologiya xizmati
16:01 / 06.07.2025
Havo harorati qanday o‘lchanadi? Toshkent observatoriyasidan reportaj
12:32 / 07.01.2023