Ob-havoni oldindan biliş insonlar uçun har doim qiziq bölgan. Negaki, işga yoki öqişga otlanayotganda kun davomida havo harorati qanday bölişiga qarab tayyorgarlik köriladi. Kun.uz muxbiri Andijon viloyati Gidrometeorologiya markazida bölib, ob-havoni aniqlaş mexanizmi bilan tanişdi.

Andijon viloyatida 4 ta meteostansiya bor. Ulardan har 3 soatda ob-havo ma’lumoti olinadi va markazga yuboriladi.


“1956 yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan boşqarmamiz tarkibida 4 ta meteostansiya mavjud. Ob-havo ma’lumotini avallari mexanik qurilmalar yordamida olgan bölsak, 2020 yildan boşlab avtomatik qurilmalarni işlata boşladik. Har bir meteostansiyadan 3 soatda bir ma’lumot olinadi va umumlaştirilib, markazga uzatiladi. Şu tariqa ob-havo ma’lumoti şakllantiriladi”, – deydi Andijon viloyati Gidrometeorologiya boşqarmasi mutaxassisi Gulrux Yuldaşeva.

Ob-havo ma’lumotining aniqlik darajasi 3 kunni taşkil qiladi. Avtomobillardagi havo haroratini ölçaş qurilmasi va markaz taqdim etayotgan ma’lumotlar örtasidagi farqning asosiy sababi markaz uskunalari 2 metr balandlikdagi havoni ölçaydi.

Köpçilik faqat ob-havoni aniqlaş bilan şuğullanadi deya öylaydigan Gidrometeorologiya markazida 200 dan ortiq xizmat turi mavjud ekan.
Abduvali Qurbonov, jurnalist
Tasvirçi – Jahongir Turğunov











