Havo harorati qanday ölçanadi? Toşkent observatoriyasidan reportaj
|21:01 / 06.07.202512 46910 min
Köpinça telefonlarda körsatilayotgan havo harorati rasmiy e’lon qilinayotganiga nisbatan farq qiladi. Kun.uz muxbiri bilan suhbatda bölgan iqlimşunos, Erkin Abdulahatov esa telefondagi ma’lumotlarda aniqlik yuqori emasligini aytib ötdi. «Vodiyliklar havo harorati 48-50 daraja bölganini jönatişyapti. Öşa hududdagi stansiyaga borsak, 41-42 daraja çiqyapti. Demak, 6-7 darajalik farq», – deydi u.
Gidrometeorologiya xizmati agentligi Toşkent observatoriyasi meteorologik stansiyasida 150 yil avval ilk kuzatuvlar olib borilgan. Bu yerda poytaxt böyiça asosiy meteorologik parametrlar, havo va tuproq harorati, havo bosimi hamda uning namligi ölçanadi. Havo haroratini aniqlaydigan psixrometrik butka yer sathidan 2 metr balandlikda örnatilgan. Butka içida termometrlar joylaşgan. Quyoşdan himoyalangan, eşigi şimolga qaratilgan. Ölçovlar har 3 soatda amalga oşiriladi va data.meteo.uz axborot tizimiga joylaştiriladi.
4 iyul kuni soat 17:36 da havo harorati ölçab körildi. Harorat 43 darajaga çiqdi. Gidrometeorologiya xizmati agentligi boş mutaxassisi Hojiakbar Odilovning aytişiça, kunning eng issiq vaqti odatda soat 16:00-17:00 orasida kuzatiladi.
«An’anaviy usul bilan ölçaganda 4 ta termometr turadi. Bittasi oddiy havo haroratini ölçaydi, ikkinçisi namlantiruvçi. Bundan havo namligini ölçaşda foydalanamiz.
Bundan taşqari, maksimal va minimal termometrlar ham bor. Bu öşa havo haroratining sutka davomida maksimal va minimal qiymatlarini qayd etiş uçun xizmat qiladi. Minimalini hozir olib qöydik. Buni soat sakkizdan (20:00) keyin qöyamiz. Şunda tungi vaqtda minimal haroratni qayd etamiz, uning şkalasi 40 darajagaça böladi. Hozir harorat 40 darajadan oşgani uçun termometrga putur yetişi mumkin», – deydi Odilov.
Iqlimşunos Erkin Abdulahatovga köra, bu 4 iyul kunlari uçun 150 yilda heç qaçon kuzatilmagan eng issiq harorat rekordi hisoblanadi.
«Mana şu meteorologik stansiyada kuzatilgan ma’lumotlar asosida standartlar işlab çiqilgan. Masalan, havo harorati 10 darajadan yuqori bölsa, daraxtlar gullaydi. 36,6 dan yuqori bölsa, siz töğridan töğri havo haroratidan ta’sirlanişni boşlaysiz. Hozir biz biroz şamol esayotgani hisobiga havo haroratini unçalik kuçli his qilmayapmiz. Aslida hozir 43 daraja. Biroz şamol esayapti, 1-2 metr/soniya va ter sovib, tanamizga yaxşiroq ta’sir qilyapti.
Lekin har doim ham bunday bölmaydi. Ya’ni şamol tezligi esmagan holatda dimiqiş yuzaga keladi. Hozir 2 metr yuqoridagi havo haroratini ölçaganimizda, 43,5 daraja çiqyapti va maksimal havo harorati 12:00 va 17:00 orasida 43,4 daraja kuzatildi. Bu mana şu kun uçun rekord desa ham böladi, çunki Toşkentda kuzatuvlar tarixida eng yuqori harorat 1997 yilda 44,6 daraja kuzatilgan va farq atigi bir darajaga yaqin», – deydi Abdulahatov.
Mavzuga oid
Bu yerda tuproq harorati ham ölçanadi. Termometrlar 5-10-20 santimetr hamda 1 metrdan 3 metrgaça bölgan çuqurlikdagi tuproq haroratini ölçaydi.
Surat-1: Toşkent observatoriyasi, 04.07.2025
«Maksimal tuproq haroratini kördik, 62 darajaga çiqdi. Özgidromet har uç soatda havo harorati bilan birgalikda tuproq ustidagi havo haroratini ham ölçaydi. Çöllarda tuproq harorati 80 darajagaça qiziydi», – deydi iqlimşunos.
Uning aytişiça, meteostansiyaga 100 metr atrofida heç qanaqa bino-inşootlar quriş yoki katta-katta daraxtlar ekiş mumkin emas. Bu stansiyaga töğridan töğri ta’sir qiladi.
«Masalan, iqlim özgarişi dunyoda 2 daraja yuqorilab ketdi deyiladi-ku. Toşkentda me’yorga nisbatan 1,5 daraja yuqorilab ketdi deyiladi. Agar siz hozir bunga ta’sir körsatadigan bölsangiz, masalan, 3-4 daraja yuqorilab ketdi, deydigan bölsangiz, bu katastrofa (havo halokati) darajasida-da. Şuning uçun atrofimizda bino-inşootlar yöq», – deydi suhbatdoş.
Abdulahatov dunyoda eng yuqori harorat 56,5 daraja bölganini qayd etadi.
«Darsliklarimizda Afrikada 58 daraja deyiladi. Bu hisobga olinmagan. Çunki butkasi yer sathidan 1,5 metr balandlikda bölgani uçun şunday qilingan. Hozir eng yuqori harorat Amerikada joylaşgan Ajal vodiysida kuzatilgan – 56,7 daraja. Bizda esa eng yuqori daraja Buxoroda qayd etilgan – 49,8 daraja», – deydi u.
Iqlimşunosning sözlariga köra, meteostansiyalar Özbekistoninng şahar markazlari, qişloqlari, toğlari va çöllarida bor.
«Ularning har bittasi har 3 soatda havo haroratini ölçab, natijalarni onlayn e’lon qilib boradi. Masalan, soat 14:00 da Buxoro dunyodagi eng issiq nuqtalardan biri böldi. Ya’ni havo harorati – 46,3 daraja. Eronda 46,4 böldi. Turkmanistonda 46,5. Havo haroratlaridan kelib çiqib standartlar işlab çiqilişi kerak», – deydi iqlimşunos.
Uning ta’kidlaşiça, Toşkent observatoriyasida kuzatilgan havo va inson tana harorati 36,6 darajadan yuqori bölsa, taşqi muhitda işlaydigan xodimlar işga çiqmasligi mumkin. Bunda iş haqi saqlanib qoladi.
«Yoki iş beruvçi mikroiqlim şaroitini yaratib berişi kerak. Biz taşqi muhitda işlaydiganlar uçun ilmiy tadqiqotlar asosida standart işlab çiqişimiz kerak. Buni buyurtma beriş kerak va biz bilan soğliqni saqlaş, avtoyöl va quriliş xodimlari va qişloq xöjaligi vazirligi olimlari bölişi kerak. Masalan, 41 darajadan yuqori bölganda, taşqi muhitda işlaydiganlar uçun qanaqadir kompensatsiya tölaş yoki kunduzgi muddatlardagi işini keçqurunga ötkaziş mumkin», – deydi u
Iqlimşunos suhbat davomida telefonlar körsatayotgan havo harorati darajalari nima uçun rasmiy e’lon qilinayotganiga nisbatan farq qilişi haqidagi savolga ham javob qaytardi.
«Minglab şunaqa ilovalar bor. Qaysi ilovadan foydalanişayotganini bilmaymiz. Işonçli ilovalar ham bor. Lekin u ilovalardan juda ham kamçilik foydalanadi. Çunki ularning körinişi, foydalaniş sal murakkabroq.
Ilovalar, smartfonlar, öşa ayfonlardagi ma’lumotlarning oqlaniş darajasi kam, yuqori emas. Masalan, 3-4 darajalik çetlanişlar bor. Sun’iy yöldoşga bizning ma’lumotlarimiz doimiy yetib bormaydi. 2-3 kundan keyin borib özini töğrilab oladi.
Mana, bugun vodiyliklar havo harorati 48-50 daraja bölganini jönatişyapti. Öşa hududdagi stansiyaga borsak, 42-41 daraja kuzatilyapti. Demak, 6-7 darajalik farq»,– deydi u.
Abdulahatovning sözlariga köra, foreca.com işonçli manbalardan biri hisoblanadi. Unda ob-havo prognozining işonçlilik darajasi yuqori. Bundan taşqari, u faktik ob-havoni ham «Özgidromet» stansiyalari bergan sönggi ma’lumotlarni öziga moslaştirib uzatadi.
«Lekin boşqa ilovalarda, men juda ham köp kuzatganman, xatoliklar yuqori çiqadi», – deydi ekspert.
Erkin Abdulahatov sinoptiklar haroratni özgartirib körsatmasligi, agar kamçiliklarga yöl qöysa, javobgarlik borligini eslatib ötdi.
«Bir kunlik prognozlar oqlanişi plyus-minus bir daraja. Masalan, Toşkent uçun 42 daraja berilsa, u 43 yoki 41 bölişi kerak. Agar 40 yoki 44 bölib qolsa, sinoptikka nisbatan qanaqadir çora köriladi. Çunki u qaysidir metodlar asosida işlamagan böladi.
Beş kunlikda 44 desangiz, beş kunlik uçun 40 bölişi mumkin. Lekin birinçi, ikkinçi, uçinçi kun uçun plyus-minus bir daraja xato qilişingiz mumkin. Agar sinoptiklar prognozlarida xatoliklar köp çiqadigan bölsa, işdan haydalişi holatlari bölgan. Menimça, sönggi yillarda özi e’tiroz ham kamayib ketdi»,– deydi iqlimşunos.
Erkin Abdulahatovning qöşimça qilişiça, tuproq harorati darajalari qişloq xöjaligi uçun kerakli ma’lumot.
«Lekin bizga köproq baribir havo harorati qiziqroq. Nega 2 metr yuqorida degan savol tuğilişi mumkin. Çunki yoş katta insonlarning balandligi 1.80, bunda quyoş bizning töğridan töğri böynimizdagi arteriya, qon tomir va miyamizga ta’sir qiladi. Olimlar 160 yil oldin 2 metr yuqoridagi harorat kerak böladi, deb şu standartni yaratib ketişgan. Endi mana şu standart böyiça butun dunyo ölçayapti.
Butun dunyo mamlakatlarida mana şu standart bir xil. Undan boşqa joyga çetlaniş mumkin emas. Mana hozir avtomat meteorologik stansiya örnatilyapti va ularga şunday yozilyapti: siz bizning ma’lumotimizga işonmang, 2 yil örganing deyapti. Mana şuning uçun bekorga örnatib qöymagan. Ikkitasi kuzatuvlar olib borsin deyapti. Havo harorati klassik bilan avtomat stansiya ma’lumotlarida bir darajalik, yarim darajalik farqlar bor. Lekin şuni hozir tenglaştirib oliş uçun har ikkisi 2 yil davomida bir joyda kuzatuvlar olib boryapti», – deydi ekspert.
Uning sözlariga köra. klassik usuldan Yevropa davlatlari voz keçgan. Lekin, 70-80 foiz mamlakatlar hali ham mana şu psixrometrik butkadan foydalanadi. Uning sözlariga köra, avtomatik stansiyalar işni yengillatiş uçun qöyilgan. Kuzatuvlar parallel olib borilib, ular soliştiriladi. Hozirda avtostansiyalarni amaliyotga joriy etiş mexanizmi işlab çiqilmoqda.
Ma’lumot örnida, avtostansiyalar havo haroratini har bir daqiqada ölçaydi, ma’lumotlarni 10 daqiqada yangilaydi va data.meteo.uz axborot tizmiga uzatib turadi. Hozirda respublikaning 120 ta nuqtasida şunday avtostansiyalar mavjud.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi