Yerevan meri iste'foga chiqdi
Yerevan meri, sobiq o‘ng respublikachilar partiyasi a'zosi Taron Margaryan dushanba, 9 iyul kuni iste'foga chiqdi, deb xabar berdi Sputnik Armaniston o‘z manbasiga tayanib.
Nashrning ma'lumot berishicha, mer vazifasini vaqtincha uning birinchi o‘rinbosari Kamo Areyan bajaradi. Meriya matbuot xizmati hozircha bu xabarni rasman tasdiqlamadi.
Avvalroq Yerevanda Margaryan iste'fosini talab qilib namoyishlar o‘tkazilgandi. Namoyishchilar uning boshqaruvi samarasiz ekanligini bildirishgandi. Bundan tashqari, internetda Margaryanning yirik mablag‘i va mulki borligi haqidagi film joylashtirilgandi.
Taron Margaryan — Armaniston respublikachilar partiyasi asoschilaridan biri, Armaniston sobiq bosh vaziri Andranik Margaryanning o‘g‘li. U 2011 yildan buyon mer sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.
Mavzuga oid
08:11 / 01.08.2024
Rossiya chegarachilari Yerevan aeroportini rasman tark etdi
10:41 / 13.06.2024
Yerevanda politsiya parlament oldidagi namoyishchilarni shovqinli granatalar bilan tarqatdi - fotosuratlar
09:06 / 27.05.2024
Yerevanda namoyishchilar Pashinyanning iste’fosini talab qildi
15:23 / 13.05.2024