Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Real» Ronalduga o‘rinbosar izlamoqda. Nomzodlar soni hozircha beshta
«Real» Angliya terma jamoasi va «Tottenhem» klubi hujumchisi Harri Keynni Krishtianu Ronalduga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.
Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, madridliklar Keyn transferining amalga oshishi «Tottenhem» prezidenti Daniel Levining qarshiligi sabab o‘ta qiyin bo‘lishini tushunib turishibdi.
Florentino Peres portugaliyalik yulduzning o‘rnini to‘ldirish uchun bir qator futbolchilardan iborat qisqa ro‘yxatni tuzib olgan. Bu ro‘yxatdan Harri Keyndan tashqari «Chelsi» vakili Eden Azar, «PSJ» a'zolari Kilian Mbappe va Neymar o‘rin olgan. Parij klubi o‘z o‘yinchilarini qo‘yib yubormasligini ma'lum bo‘lgach, madridliklar asosiy e'tiborni Azar va Keynga qaratishmoqda.
Ayrim OAVda «Bavariya»dan Robert Levandovski ham «qirollik klubi» nazarida ekani aytilmoqda.
Mavzuga oid
19:28 / 08.07.2026
Afsonalarning ko‘z yoshlari va Trampni troll qilgan Belgiya. JChda 1/8 finalning asosiy voqealari
10:56 / 07.07.2026
JCh kundaligi. Ronaldu yana yig‘ladi, AQSh 4 ta gol o‘tkazdi
16:59 / 06.07.2026
JCh anonsi. Yamal Ronalduga, AQSh butun dunyoga qarshi
00:53 / 06.07.2026