Toshkent shahar IIBB YHXB piyodalar bilan bog‘liq YTHlardan ogohlantirdi
Toshkent shahar IIBB YHXB haydovchi va piyodalarga murojaat bilan chiqdi. Murojaat yaqin ikki kun ichida piyodalar ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari haqidagi axborot bilan boshlanadi.
Ma'lum qilinishicha, 7 iyuldan 8 iyulga o‘tar kechasi Farg‘ona yo‘li ko‘chasida 23 yoshli Doniyor A. boshqarib borayotgan «Matiz» rusumli avtomobil belgilanmagan joydan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. Oqibatda 1985 yilda tug‘ilgan, og‘ir tan jarohati bilan 1-Respublika klinik kasalxonasiga yotqizilgan fuqaro Yevgeniy G. halok bo‘lgan.
Shuningdek, 21 yoshli Jahongir.D boshqarib borayotgan «Spark» avtomobili ham piyodalar uchun belgilanmagan joydan o‘tayotgan Saparboy M.ni urib yuborgan. Voqea 1 iyul kuni soat 1.30larda Bektemir tumani Toshkent halqa yo‘lida sodir bo‘lgan. Piyoda tan jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan.
«Hurmatli yurtdoshlar! Toshkent shahar IIBB YHXB Sizlardan yo‘l harakati qoidalariga so‘zsiz amal qilishingizni so‘raydi!
Hurmatli piyoda! Yo‘llarda ehtiyot bo‘ling, faqatgina piyodalar uchun belgilangan yo‘laklardan foydalanishga harakat qiling! Svetoforning yashil chirog‘i yongandagina harakatlaning. Tartibga solinmagan chorrahalarda avval chap tarafga keyin o‘ng tarafga qarab, avtomobil yo‘qligiga ishonch hosil qilgandan keyingina yo‘lni kesib o‘ting. Yosh bolalarning qo‘llaridan mahkam ushlab oling.
Hurmatli haydovchi! Siz nafaqat o‘zingizning balki boshqalarning hayoti uchun ham mas'ulsiz! Tezlikni oshirib, o‘zingizga falokatni tilab olmang! Qizil chiroqni pisand qilmaslik yomon oqibatlarga olib kelishini unutmang!» deyiladi Toshkent shahar IIBB YHXB murojaatida.
Mavzuga oid
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi
13:07 / 27.07.2024
Qamchiq dovonida 3 ta yuk avtomobili va Mercedes-Benz Sprinter ishtirokida YTH yuz berdi
07:35 / 27.07.2024