Ilhom Aliyev: «Arman davlatchiligi inqirozga yuz tutdi»
Armanistondagi kriminal, qonxo‘r, korruptsion hukumat to‘liq inqirozga yuz tutdi. Oxu.Az'ning xabar berishicha, Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida shu haqida so‘zladi.
"Arman xalqi men aytgan gaplarni takrorlayapti. Men BMT minbaridan bu xunta (reaksion terrorchi guruh)ning korruptsion rejimi ekanligi haqida aytgandim. Hozir arman xalqi shuni takrorlayapti. Men bu qonxo‘r, kriminal, korruptsion rejim ekanini aytgandim. Arman xalqi shuni takrorlayapti.
Arman davlatchiligi inqirozga yuz tutib bo‘ldi. Shu tariqa adolat qaror topdi, qonxo‘rlar xuntasi hukumatni tark etdi. Bunda bizning rolimiz ham bo‘ldi. Hozir bu haqida ko‘pirtirib gapirish niyatim yo‘q. Biz Armanistonni to‘liq izolyatsiya qildik...", dedi Ozarboyjon prezidenti o‘z nutqida.
Mavzuga oid
20:33 / 18.09.2024
Armanistonda davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olindi
00:10 / 10.09.2024
Armaniston Yevropa Ittifoqi bilan vizasiz rejim bo‘yicha muzokaralarni boshladi
21:15 / 03.09.2024
FQB armanistonlik talaba Turkiya va Ozarboyjon elchixonalariga hujum uyushtirishni reja qilganini aniqladi
23:18 / 31.08.2024