Jahon | 10:10 / 10.07.2018
21106
2 daqiqa o‘qiladi

Rog‘un GESida kuzda ishga tushishi boshlanadigan agregat rotori o‘rnatildi

Rog‘un GESida ishga tushadigan olti gidrogeneratordan dastlabkisi o‘rnatildi. Agregat shu yilning noyabrida ishlashni boshlaydi.

«Dnepr-SGEM mutaxassislari «Elektrotyajmash» zavodi muhandislari va stansiya rahbariyati bilan birgalikda Rog‘un GESining bo‘lajak olti agregatidan dastlabkisi, 6-raqamli gidrogenerator agregati o‘rnatildi», - deyiladi Dnepr-SGEM xabarida.

Foto: Dnepr-SGEM matbuot xizmati

Og‘irligi 850 tonnaga teng rotor 5 iyul kuni o‘rnatildi. U montaj va qurilish hamda yerosti burg‘ulash ishlari uchun og‘ir sharoitda yig‘ilganligi qayd etilmoqda.

Xabarda agregat 2018 yil 16 noyabrda, navbatdagisi esa 2019 yilda ishga tushishi aytilgan.

Gidrouzel qurilishi bilan 2016 yil oktabridan buyon Italiyaning Salini Impregilo kompaniyasi shug‘ullanmoqda.

Foto: Dnepr-SGEM matbuot xizmati

Kompaniya balandligi 335 metrli to‘g‘on qurish ishlarini boshlab yuborgan. Mazkur inshoot qurilishiga 1,95 mlrd dollar sarflanadi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, Rog‘un GESi qurilishiga jamibo‘lib 4 milliard dollarga yaqin mablag‘ ketadi. Stantsiyada har birining quvvati 600 MVtni tashkil etuvchi oltita agregat o‘rnatilishi rejalashtirilgan.

Stantsiya to‘g‘oni dunyodagi eng baland tosh-tuproqli to‘g‘on bo‘ladi. Mazkur gidroinshoot yiliga 17 milliard kilovatt soat energiyasi ishlab chiqaradi, bu Nurek GESi quvvatidan bir yarim baravar ko‘p degani.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid