Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qatar Tojikistonga Rog‘un GES qurilishi uchun 50 mln dollar beradi
Mablag‘lar faqat GES qurilishiga yo‘naltirilishi ta’kidlanmoqda. Bu loyihaning maqsadi milliy energetika xavfsizligini ta’minlash va qayta tiklanadigan energiya bilan ta’minlash orqali mamlakat taraqqiyotini qo‘llab-quvvatlash ekani aytilyapti.
Qatar taraqqiyot fondi Tojikiston hukumatiga «Rog‘un gidroelektr stansiyasi qurilishi» loyihasini amalga oshirish uchun 50 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratadi. Tegishli kelishuv 23 avgust kuni Dushanbeda imzolandi.
Hujjatni Qatar taraqqiyot fondi bosh direktori Fahd Hamad As-Sulaytiy va Tojikiston Moliya vazirligi rahbari Fayziddin Qahhorzoda imzoladi. Kredit berish shartlariga aniqlik kiritilmagan.
Vazirlik mablag‘lar faqat GES qurilishiga yo‘naltirilishini ta’kidladi - bu loyihaning maqsadi milliy energetika xavfsizligini ta’minlash va qayta tiklanadigan energiya bilan ta’minlash orqali mamlakat taraqqiyotini qo‘llab-quvvatlash ekani aytilmoqda. Ta’kidlanishicha, obektning qurilishi respublika ichidagi va butun Markaziy Osiyo mintaqasidagi ehtiyojlarni qondirish uchun elektr energiyasi ishlab chiqarishni sezilarli darajada oshirish imkonini berishi mumkin.
Shu yil fevral oyida Tojikiston hukumati xalqaro hamkorlar bilan Rog‘un GES qurilishini moliyalashtirish bo‘yicha 812 million dollarlik bitimlar imzolagani haqida xabar berilgan edi. Ko‘rsatilgan qiymatning 462 million dollari kreditlar, 350 million dollari grantlardir.
Rog‘un GES - Tojikistondagi eng yirik energetika loyihasidir. Obekt qurilishini 2031 yil oxirigacha yakunlash rejalashtirilgan. Yaqin vaqtgacha loyiha faqat davlat mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilar edi. 2008-2024 yillarda Tojikiston Rog‘un GES qurilishiga 42,5 milliard somoniy (taxminan 4 milliard dollar) yo‘naltirdi. 2023 yil fevral oyida Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi qurilishni yakunlash uchun 375 million Saudiya riali (100 million dollar) miqdorida kredit berishga tayyorligini e’lon qildi.
Loyiha yakunlangach, Rog‘un GES o‘rnatilgan quvvati 3600 MVt va yillik ishlab chiqarish quvvati 13 dan 17 mlrd kVt·soatgacha bo‘lgan Markaziy Osiyodagi eng yirik gidroelektr stansiyasiga aylanishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
18:02 / 02.06.2026
Tojikistonda O‘zbekistondan keltirilgan havo shari quladi va odamlar jarohat oldi
18:31 / 29.05.2026
Moskva-Dushanbe poyezdi harakati 6 yillik tanaffusdan so‘ng tiklanadi
12:18 / 23.05.2026
O‘zbekiston va Qatar harbiy hamkorlik bo‘yicha memorandum imzoladi
09:41 / 23.05.2026