Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aliment sohasidagi qonunchilikda muhim o‘zgarishlar bo‘ldi
Foto: sobkor.net
«O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun bilan (O‘RQ-459-son) aliment sohasidagi qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritilgan edi. Adliya vazirligi bugundan kuchga kiradigan ushbu o‘zgartirishlarni eslatib o‘tdi.
Xususan endilikda:
- aliment to‘lamaslik 15 sutka ma'muriy qamoqqa olinishiga sabab bo‘ladi;
- aliment to‘lashga majbur shaxslar ikki oy (ilgari uch oy) mobaynida aliment to‘lashdan bo‘yin tovlasa jinoiy javobgarlikka tortiladi (3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin);
- har bir bola uchun aliment miqdori eng kam ish haqi miqdorining 75 foizdan (ilgari uchdan bir qism) kam bo‘lmagan miqdorda (138 225 so‘m) belgilanadi;
- alimentni bola voyaga yetgunga qadar ko‘char va ko‘chmas mol-mulk yoki boshqa qimmatli narsalar berish orqali bir yo‘la oldindan to‘lash mumkin;
- aliment oldindan to‘langan yoki garov shartnomasi tuzish holatlarida, ushbu shaxsga respublikadan chiqishga qo‘yilgan taqiq olib tashlanadi. Bunda garov qiymati qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining ikki yuz ellik baravaridan kam (46 mln 75 ming so‘m) bo‘lmasligi lozim.
Mavzuga oid
19:00 / 23.01.2026
Janubiy Koreya dunyoda birinchi bo‘lib sun’iy intellektni tartibga soluvchi qonunni amalga kiritdi
19:07 / 13.01.2026
O‘zbekistonda sud qanchalik mustaqil va erkin? – faollar bilan suhbat
18:27 / 30.12.2025
Qozog‘istonda noan’anaviy jinsiy munosabatlar targ‘ibotini taqiqlovchi qonun imzolandi
10:20 / 26.12.2025