IT-mutaxassislarga bo‘lgan talab yuqori. Qayerda o‘qigan ma'qul?
Axborot texnologiyalari bo‘yicha mutaxassis – dunyodagi va O‘zbekistondagi eng talabgor kasblardan biridir. Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Ahmadxo‘jayev OAVga intervyu berar ekan, O‘zbekistonga yarim milliondan ortiq AKT sohasidagi mutaxassislar kerakligini ta'kidlab o‘tdi.
Hozirda deyarli barcha tarmoqlar axborot texnologiyalaridan foydalangan holda o‘z faoliyatini yuritadi. O‘zbekistonda soha rivojiga hamda insonlar hayotini yengillashtirish uchun taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida innovatsion yechimlarni tatbiq etish sifatini yaxshilashga katta e'tibor qaratmoqda.
Axborot texnologiyalari kommunikatsiyada, boshqaruv sohasida, bank ishida keng qo‘llaniladi, ularning asosida ta'lim dasturlari, geologik-qidiruv va resurslarni qazib olish, zamonaviy sanoatda, tibbiyotda, xavfsizlikni ta'minlashda zarur bo‘lgan yuqori texnologiyalar ishlab chiqiladi va tadbiq etiladi.
Turli sohalarda axborot texnologiyalaridan foydalanish tobora kengayib bormoqda. Bu esa IT-mutaxassislarning xizmatiga bo‘lgan talabning ortib borayotganidan darakdir.
Toshkent shahridagi Inha universiteti IT-mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha yetakchi oliy o‘quv yurtlaridan biri hisoblanadi.
Bu yil universitet birinchi qaldirg‘ochlarini uchirma qilishiga qaramay, oliy o‘quv yurtining talabalariga talab judayam katta. Barcha bitiruvchilar o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ishga joylashishgan. Ular Datasite Technology, «Asaka bank», KDB Bank, Fido-biznes, Uztransgaz, «Ipoteka-bank», Green White Solutions, UZINFOCOM va shu kabi kompaniyalarda mehnat qilishmoqda.
Ikkinchi va uchinchi bosqich talabalari davlat va xususiy kompaniyalarda turli xil loyihalar ustida ishlashmoqda. Bu esa ularga shartnoma pulining bir qismini qoplash imkonini beradi.
Qayd etamiz, ayrim xorijiy va mahalliy kompaniyalar o‘zlari uchun avvaldan mutaxassislar tayyorlashmoqda. Misol uchun «LUKOYL», Huawei, Da Vinci Solutions, «O‘zagrosug‘urta», Eriell Corporation, «O‘ztelekom», Farg‘ona NQIZ va boshqalar talabalarga birinchi bosqichdan boshlab shartnoma pulini to‘lab berib, o‘zlari uchun mutaxassis tayyorlashmoqda.
Universitet talabalari yirik davlat dasturlari va loyihalarida ham ishtirok etishmoqda. Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalaridan tashkil topgan “Fizmasoft” jamoasi “Xavfsiz shahar” dasturini amalga oshirishda qatnashmoqda.
Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) ning bir guruh talabalari «Bespilotnyye texnologii» kompaniyasida ishlay turib, “Yerning tahlili va prognozi” modul tizimini yaratish ustida ish olib borishmoqda.
Albatta mehnatga haq to‘lash eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. “HeadHunter” ma'lumotlariga ko‘ra, kompaniyalar o‘rtacha 1,5 mln. so‘mdan 4 mln. so‘mgacha oylik taklif qilishmoqda. Ayrim kompaniyalarda esa mutaxassislarga 6 mln. so‘mdan 14,6 mln. so‘mgacha oylik taklif qilinmoqda.
Bugungi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) mutaxassislariga talab juda yuqori. Shuning uchun, kasblar orasida eng yuqori oylik daromad oladiganlarini ichida ham AKT mutaxassisliklarini uchratasiz. Janubiy Koreya AKT bo‘yicha dunyodagi eng yetuk davlatlardan biri bo‘lishi bilan birga, u yerdagi Inha universiteti AKT va injiniring sohalari bo‘yicha eng ilg‘or universitetlardan biri hisoblanadi.
Undan tashqari:
Asosiy e'tibor talabalarga
J.Koreyadagi universitetga o‘xshab bu yerda ham talabalarga katta e'tibor qaratiladi. Ular ta'lim olishlari va erkin fikr yuritishlari uchun barcha sharoit yaratilgan. Aksariyat holatlarda talabalar o‘zlari darsdan tashqari ham kechgacha universitetda mustaqil shug‘ullanib o‘tiradilar.
Xalqaro darajadagi o‘quv dasturi
J.Koreyada qo‘llaniladigan xalqaro muhandislik akkreditatsiya talablari asosida ishlab chiqilgan o‘quv dasturi asosida ta'lim beriladi. Unda asosiy e'tibor mutaxassislik fanlariga qaratilgan bo‘lib, tahsil olish jarayonida talaba qo‘shimcha fanlarni tanlashi mumkin.
Xalqaro darajadagi o‘quv darsliklari va kitoblar
Bir narsani alohida ta'kidlab o‘tish zarurki, J.Koreyadagi Inhada qanday o‘quv darsliklaridan foydalanilsa, Toshkentda ham huddi shunday. Lekin bu jarayonda katta bir farq borki, agarda chet elda mazkur o‘quv darsliklarini talaba o‘zi sotib olsa, bizda o‘quv adabiyotlari bepul tarqatiladi.
Ta'lim butunlay ingliz tilida va xorijlik professorlar
Universitetda barcha asosiy mutaxassislik fanlaridan xorijlik professorlar saboq berishadi, shuning uchun ta'lim to‘liq ingliz tilida olib boriladi. Talabalar ingliz tilini yanada yaxshiroq o‘zlashtirishlari uchun AQShdan ingliz tili bo‘yicha mutaxassis jalb etilgan.
Zamonaviy o‘quv auditoriyalari va laboratoriyalar
Universitet Koreyadagi ta'lim muassasalaridan qolishmaydigan o‘quv auditoriyalari va jihozlar bilan ta'minlangan. J.Koreyadan maxsus fizika laboratoriyasi olib kelingan va barcha tajribalar qog‘ozda emas, amaliyotda, ushbu laboratoriya uskunalarida o‘tkaziladi.
Zamonaviy ma'lumotlar markazi (Datasentr) va kompyuterlar
Toshkentdagi universitetlar orasida eng katta Datasentr ishga tushirilgan, talabalar uchun so‘nggi rusumdagi kompyuterlarda kun bo‘yi ishlash uchun sharoit yaratilgan. Barcha qavatlarda Wi-Fi o‘rnatilgan va yoshlar o‘zlarining shaxsiy login va parollari bilan ulardan bemalol foydalanishi mumkin.
Talabalarga mustaqil bilim olish uchun sharoitlar
Talabalar o‘zlarini xuddi o‘z uylaridek his qilishlariga sharoit yaratish maqsadida har bir talaba uchun shaxsiy javon ajratilgan. Mustaqil dars qilish uchun keng kutubxona, munozara va taqdimot xonalari mavjud bo‘lib, darsdan tashqari istalgan vaqtda ulardan bemalol foydalanish mumkin.
AKT sohasidagi kompaniyalar va mutaxassislar bilan uchrashuvlar o‘quv jarayonini ishlab chiqarish bilan uyg‘unligini ta'minlaydi hamda talabalarni haqiqiy hayotdagi holatdan xabardor qilishga ko‘maklashadi.
J.Koreyada yozgi ta'til dasturi asosida xohlovchilar Janubiy Koreyadagi Inha Universitetiga borishlari mumkin. Eng faol va iqtidorli talabalarning barcha xarajatlari, qolganlarining xarajatlarini katta qismi Universitet tomonidan qoplanadi.
Sport bilan shug‘ullanishga erkin imkoniyat
Universitetdagi zamonaviy basketbol va futbol sport maydonchalari hamisha talabalar bilan gavjum. Yangi qurilayotgan binoda qo‘shimcha fitnes markazi rejalashtirilmoqda.
Diplom butun dunyoda tan olinadi
Universitet bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasida, Koreya Respublikasida hamda boshqa rivojlangan davlatlarda oliy ma'lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e'tirof etiladigan oliy ma'lumot to‘g‘risidagi diplom beriladi.
Talabalarga kontrakt pulini to‘lashdagi qulayliklar. Ota-onalar iltimosiga ko‘ra, bir yillik o‘quv yili uchun belgilangan summaning 25 foizini dastlabki badal sifatida to‘lash mumkin. Qolgan 75 foizi 7 oy davomida oyma-oy, teng miqdorda taqsimlangan holda amalga oshirilishi mumkin. Agarda talabaning ota-onasi ish joyidan o‘z farzandi uchun o‘qish pulini o‘tkazib bersa – mazkur summa jismoniy shaxslar uchun daromad solig‘iga tortilmaydi. Ota-onalar farzandlari universitetni bitirganidan keyin, ma'lum muddat ishlab berish sharti bilan homiy tashkilotni qiziqtirib, uch tomonlama shartnomani imzolashlari mumkin. Bundan tashqari, talabaning o‘zi ham yaxshi ta'lim olish va kelajakda kuchli mutaxassis bo‘lib yetishish mas'uliyatini his qilishi uchun O‘zbekistondagi tijorat banklaridan “Ta'lim krediti”ni olsa bo‘ladi.
Iqtidorli talabalar uchun imtiyozlar. Kirish imtihonlarida eng yuqori natija ko‘rsatgan 10 nafar talabalar bepul o‘qish huquqiga ega bo‘lishadi. Shuningdek, o‘quv semestri yakunlari bo‘yicha eng yuqori natija ko‘rsatgan yana 10 nafar talabalar keyingi semestrda bepul o‘qish yoki semestr uchun to‘lovning yarmidan ozod qilish huquqini qo‘lga kiritishadi. Hozirda universitetda mingdan ortiq talabalar bilim olishmoqda. Shuning uchun Toshkent shahridagi Inha universitetining talabasi bo‘ling hamda o‘z kelajagingizni ta'minlang!
Batafsil ma'lumot uchun: www.inha.uz
Mavzuga oid
20:20 / 16.10.2024
AES direksiyasi rahbari: Ishlatilgan yadro yoqilg‘isi Rossiyaga olib ketiladi
14:00 / 08.09.2024
ICT WEEK UZBEKISTAN 2024 haftaligi doirasida O‘zbekiston-Latviya raqamli hamkorlik forumi bo‘lib o‘tadi
22:27 / 29.03.2024
Atom energetikasini rivojlantirish agentligiga direktor tayinlandi
13:30 / 02.01.2024