Axborot texnologiyalari böyiça mutaxassis – dunyodagi va Özbekistondagi eng talabgor kasblardan biridir. Kuni keça Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vaziri Azim Ahmadxöjayev OAVga intervyu berar ekan, Özbekistonga yarim milliondan ortiq AKT sohasidagi mutaxassislar kerakligini ta'kidlab ötdi.

Hozirda deyarli barça tarmoqlar axborot texnologiyalaridan foydalangan holda öz faoliyatini yuritadi. Özbekistonda soha rivojiga hamda insonlar hayotini yengillaştiriş uçun taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini yaxşilaş maqsadida innovatsion yeçimlarni tatbiq etiş sifatini yaxşilaşga katta e'tibor qaratmoqda.
Axborot texnologiyalari kommunikatsiyada, boşqaruv sohasida, bank işida keng qöllaniladi, ularning asosida ta'lim dasturlari, geologik-qidiruv va resurslarni qazib oliş, zamonaviy sanoatda, tibbiyotda, xavfsizlikni ta'minlaşda zarur bölgan yuqori texnologiyalar işlab çiqiladi va tadbiq etiladi.
Turli sohalarda axborot texnologiyalaridan foydalaniş tobora kengayib bormoqda. Bu esa IT-mutaxassislarning xizmatiga bölgan talabning ortib borayotganidan darakdir.
Toşkent şahridagi Inha universiteti IT-mutaxassislarni tayyorlaş böyiça yetakçi oliy öquv yurtlaridan biri hisoblanadi.
Bu yil universitet birinçi qaldirğoçlarini uçirma qilişiga qaramay, oliy öquv yurtining talabalariga talab judayam katta. Barça bitiruvçilar öz mutaxassisliklari böyiça işga joylaşişgan. Ular Datasite Technology, «Asaka bank», KDB Bank, Fido-biznes, Uztransgaz, «Ipoteka-bank», Green White Solutions, UZINFOCOM va şu kabi kompaniyalarda mehnat qilişmoqda.
Ikkinçi va uçinçi bosqiç talabalari davlat va xususiy kompaniyalarda turli xil loyihalar ustida işlaşmoqda. Bu esa ularga şartnoma pulining bir qismini qoplaş imkonini beradi.

Qayd etamiz, ayrim xorijiy va mahalliy kompaniyalar özlari uçun avvaldan mutaxassislar tayyorlaşmoqda. Misol uçun «LUKOYL», Huawei, Da Vinci Solutions, «Özagrosuğurta», Eriell Corporation, «Öztelekom», Farğona NQIZ va boşqalar talabalarga birinçi bosqiçdan boşlab şartnoma pulini tölab berib, özlari uçun mutaxassis tayyorlaşmoqda.
Universitet talabalari yirik davlat dasturlari va loyihalarida ham iştirok etişmoqda. Toşkent şahridagi Inha universiteti talabalaridan taşkil topgan “Fizmasoft” jamoasi “Xavfsiz şahar” dasturini amalga oşirişda qatnaşmoqda.











