8 avgust kuni prezident Şavkat Mirziyoyevga atom energetikasi yönalişidagi işlar haqida axborot berildi

Özatom agentligi direktori Azim Ahmadxöjayev “Özbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida loyiha şaxsan prezident nazoratida ekanini aytdi.

“Har bir yönaliş böyiça batafsil ma’lumot berdik, amalga oşirayotgan loyihamiz prezidentimiz nazoratida. Bugungi kunga kelib barça izlanişlarni tamomladik, yer işlariga ötib… Undan taşqari, barça xavfsizlik konvensiyalariga qöşildik, MAGATEning konvensiyalariga. Bu keyingi bosqiçga ötişga ruxsat beradi”, – dedi u.

Ahmadxöjayevning ta’kidlaşiça, prezident 2026 yil mart oyida AESning birinçi betonini qöyiş borasida topşiriq bergan.

“Birinçi betonga ötişimiz bilan loyihamiz töliq amalga oşiş [bosqiçi]ga ötadi. Undan taşqari, katta stansiya loyihasini amalga oşiriş uçun “Rosatom” bilan tegişli hujjatga qöl qöydik, öşa hujjatga asosan, örganiş işlarini olib boryapmiz. Energiya tizimimizga katta stansiyani qöşiş uçun barça imkoniyatlarni örganib, qisqa vaqtda kattaroq stansiya loyihasini amalga oşirişga harakat qilamiz”, – dedi u.

Özbekistonda ilk AES qurilişi

2024 yil 27 may kuni, RF prezidenti Vladimir Putinning Özbekistonga davlat taşrifi doirasida “Özatom” agentligi huzuridagi “AES qurilişi direksiyasi” DUK va “Rosatom” tuzilmasidagi “Atomstroyeksport” AJ injiniring kompaniyasi örtasida Özbekistonda kam quvvatli atom elektr stansiyasi qurilişi böyiça şartnoma tuzilgandi.

Imzolangan kelişuvlarga asosan, Jizzax viloyatida Rossiya loyihasi asosida 330 MW quvvatga ega (har biri 55 MW quvvatli 6 ta reaktordan iborat) AES qurilişi kerak edi. Biroq joriy yilning iyun oyida Jizzaxda quriladigan kiçik AES borasidagi rejalar özgargani ma’lum böldi. Endi bu stansiya reja qilinganidek 330 megavatt emas, 110 megavatt quvvatga ega böladi. Ya’ni 55 megavattlik RITM-200N suv-suvli yadro reaktorlaridan 6 ta emas, 2 tasini örnatişga qaror qilindi.