Jahon | 23:15 / 11.07.2018
5584
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Merkel bilan munosabatlari a'lo darajada ekanligini aytdi

Foto: Time

AQSh prezidenti Donald Tramp Germaniya kansleri Angela Merkel bilan NATO sammiti diorasida uchrashuvidan so‘ng u bilan savdo, “Shimoliy oqim-2”, harbiy xarajatlarni muhokama qilganini aytdi va uchrashuvni “a'lo”, deb atadi.

“Uchrashuvimiz a'lo darajada o‘tdi. Biz harbiy xarajatlar, savdoni muhokama qildik. Kantsler bilan munosabatlarimiz judayam yaxshi. Germaniya bilan kuchli aloqalarga egamiz, o‘ylaymanki, o‘zaro savdomiz o‘sadi va boshqa ko‘p narsalar ham rivojlanadi, ammo ko‘ramiz”, — dedi u uchrashuvdan so‘ng va “Shimoliy oqim-2” masalasini ham ko‘targanini tasdiqladi.

O‘z navbatida, Merkel uchrashuv “iqtisodiy rivojlanish, migratsiya, bo‘lajak savdo munosabatlari haqida fikr almashishga imkon berganini” e'tirof etdi.

“Biz hamkorlarmiz va hamkorlikni kelgusida ham davom ettirishni istaymiz”, — dedi u.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid