Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning NATOga munosabati o‘zgarmaydi
© AFP 2018 / Emmanuel Dunand
Rossiyaning NATOga nisbatan qarama-qarshi tashkilot sifatida qarashlari o‘zgarishsiz qoladi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlar bilan uchrashuv vaqtida ma'lum qilgan.
«Men allaqachon NATO sammiti hamda biz bunga qanday yondashishimiz haqidagi savolga javob berdim. Menga ishoning, bir kechada bizning bu boradagi qarashlarimiz o‘zgarib qolmaydi. Qandaydir o‘zgarishlar haqida hech qanday gap yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas», deya javob qaytargan Peskov jurnalistlarning NATO rahbarlarining mudofaa masalalari bo‘yicha chaqirilgan tezkor sammiti haqida izoh berishni so‘rab yo‘llagan murojaatiga.
Peskov 10 iyul kuni jurnalistlarga Rossiyaning NATOga nisbatan pozitsiyasi ma'lum ekanligini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, alyans «Sovuq urush» davrining mahsulidir. Moskvaning bunday qarashi tashkilotning faqatgina qarama-qarshi tashkilot sifatida tashkil qilinganligi faktiga asoslangan.
Eslatib o‘tamiz, 11-12 iyul kunlari Belgiya poytaxti Bryussel shahrida NATOga a'zo davlatlar rahbarlarining sammiti bo‘lib o‘tmoqda.
Mavzuga oid
13:10 / 13.01.2026
NATO Arktikada xavfsizlikni oshirish bo‘yicha qadamlarni ishlab chiqmoqda
17:20 / 11.01.2026
OAV: Yevropa davlatlari Grenlandiyaga NATO qo‘shinini joylashtirmoqchi
22:07 / 09.01.2026
Fransiya NATO a’zoligidan chiqishi mumkin
09:35 / 09.01.2026