Jahon | 16:50 / 13.07.2018
4618
2 daqiqa o‘qiladi

«Ozarboyjon xalqi o‘z rahbariyatiga ishonadi» - Ilhom Aliyev

Foto: president.az

Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevning ta'kidlashicha, mamlakat tinchligini buzishga bo‘lgan barcha urinishlar besamardir. Uning fikricha, mamlakat aholisi o‘z rahbariyatiga ishonadi va provokatsiyalarga uchmaydi.

«Bizni qora qilib ko‘rsatib, xorijiy ommaviy axborot vositalari orqali bosim uyushtirishga harakat qilib kelishmoqda. Lekin bu xatti-harakatlarning barchasi besamar bo‘lmoqda, ular bizning siyosatimizga raxna sola olmaydi», — deya prezidentning so‘zlarini keltirmoqda «Interfaks».

Ilhom Aliyev mamlakat hududida xavfsizlik oliy darajada ta'minlanganini ham ta'kidlab o‘tdi. Ozarboyjon yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, xavfsizlikning bosh sharti hokimiyat va xalq birligi bo‘lib turibdi.

«Bizning kuch-qudratimiz kundan kunga iqtisodiyot, siyosat, diplomatiya va harbiy sohada mustahkamlanib bormoqda», — degan Aliyev.

Uning eslatishicha, davlatga nisbatan uyushtirilgan salbiy tusdagi kampaniyalarning birortasi shu paytgacha natija keltirmagan, chunki bunday xatti-harakatlarning barchasi bo‘htonga asoslangan.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid