Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Putin bilan muzokaralarda ko‘tariladigan mavzularni ma'lum qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp Xelsinkidagi sammit doirasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Ukraina, Suriya, yadroviy qurolni tarqatmaslik mavzularini muhokama qilishini ma'lum qildi.
Trampning aytishicha, Putin bilan uchrashuv “NATOning a'lo darajadagi sammitidan” keyin bo‘lib o‘tadi.
Tramp yadroviy qurolni tarqatmaslik haqida so‘zlaganda “bu vayronkor texnologiyalardir”, deb ta'kidlab o‘tgan. “Bu juda, juda yomon siyosat. Bizda boshqa tanlov yo‘q. Biz yadroviy qurolni tarqatmaslikni muhokama qilamiz”, deb aytgan Tramp.
Kremlda esa Putin va Tramp ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari va kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qilishlari ma'lum qilingan.
Trampning aytishicha, AQSh va Rossiya o‘rtasidagi aloqalar yaxshiroq bo‘lishi mumkin edi, biroq ularning rivojlanishiga “jodugarlarga ov” ziyon yetkazgan.
Tramp agar Putin bilan birga vaqt o‘tkazsa, u bilan yaxshi munosabatlar vujudga kelishiga umid bildirgan.
“Odamlar bu ish bermaydi deydilar, biroq men ulardan farqlanaman. Fikrimcha, Rossiya bilan aloqalar “jodugarlarga ov” sababli qattiq ziyon ko‘rgan. Men buni uyushtirilgan “jodugarlarga ov” deb hisoblayman. Bu Rossiya bilan munosabatlarimizga qattiq putur yetkazgan”, deb aytgan Tramp Britaniya bosh vaziri Tereza Mey bilan matbuot anjumanda.
Ikki yetakchining uchrashuvi 16 iyulda Xelsinkida bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
10:02 / 13.06.2026